Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (16+)
Yuklamalar ombori (vip)
Telegramdagi kanalimizda qo'shiling!
O'zbekistonda bedarak yo'qolgan 14 yoshli qiz qidirilmoqda (foto)
MUHARRIR: Admin

12 SENTYABR, 12:55 / KO'RILDI: 37

Toshkent shahar IIBB va Qashqadaryo viloyati IIB O'zbekiston aholisidan bedarak yo'qolgan 14 yoshli Razzoqova Sevinch Abdurasul qizini qidirishda ko'mak so'ramoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Sevinch 22 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi uyidan chiqib ketib, uyga qaytmagan. 

Belgilari: bo'yi 160-165 sm, qorachadan kelgan, jigar rang sochlari o'rta uzunlikda, ko'zlari jigar rang, yuzida sepkili bor.

Kiyimlari: qora rangli oq yozuvi bor futbolka, djinsi shim, qora bosonojka.

 Toshkent shahar IIBB qizni ko'rgan yoki u haqida biror ma'lumotga ega bo'lgan barcha fuqarolarni 102 raqamiga, yoki 71-2323040, 71-2324050 raqamlari orqali Toshkent shahar IIBBning navbatchilik xizmatiga, yoki +998-75-224-43-13, +998-75-221-66-45, +998-75-224-41-85, ili +998-90-444-70-80, +998-90-639-57-67 raqamlari orqali Qashqadaryo viloyati navbatchilik qismiga xabar berishlarini so'raydi.

 

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!