Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (16+)
Yuklamalar ombori (vip)
Telegramdagi kanalimizda qo'shiling!
Toshkent-Volgograd poezdida o'zbekistonlik nima sababdan vafot etganiga oydinlik kiritildi
MUHARRIR: Admin

12 SENTYABR, 11:45 / KO'RILDI: 23

“Toshkent-Volgograd” yo'nalishidagi poezdda jasadi topilgan O'zbekiston fuqarosining vafotiga uning yurak xuruji sabab bo'lgan.

“O'ztemiryo'lyo'lovchi” AJ xabarida qayd etilishicha, 5 sentyabr kuni Nukusdan Volgogradga borish uchun yo'lga chiqqan Qoraqalpog'iston Respublikasi, Amudaryo tumanida yashovchi 52 yoshli A.G ismli yo'lovchi safar davomida o'zini yomon his qilgan va tobi qochgan. Vagon kuzatuvchilari darhol tez tibbiy yordam chaqirishgan. Poezd “Aksarayskiy” (Rossiya) nazorat-o'tkazish punktiga etib kelganda yo'lovchining ahvoli og'irlashgan va vafot etgan.

Vagon kuzatuvchilari hamda yo'lovchilarning so'zlariga qaraganda yo'l davomida hech qanday zo'ravonlik, yoki qasddan zarar etkazish holatlari kuzatilmagan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Aksarayskiy” (Rossiya) nazorat-o'tkazish punktidagi chegara tekshiruvi paytida poezddan vafot etgan yo'lovchi topilgani xabar qilingan edi. Jasad “Toshkent-Volgograd” yo'nalishidagi 323-sonli poezdning vagonlaridan birida bo'lgan va u O'zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan.

 

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!