Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (16+)
Yuklamalar ombori (vip)
Telegramdagi kanalimizda qo'shiling!
Jeparovning fikricha, Ektor Kuper ketishi kerak
MUHARRIR: Admin

12 SENTYABR, 11:25 / KO'RILDI: 18

Kecha, 11 sentyabr kuni Toshkentning "Humo" hokkey jamoasi Rossiyaning "Ryazan" klubiga qarshi muzga chiqib, yirik 5:0 hisobida g'alaba qozongan ilk o'yinni tomosha qilish uchun Futbol bo'yicha O'zbekiston milli terma jamoasining sobiq a'zosi Server Jeparov ham muz saroyiga kelgan va bu haqda o'zining Instagram'dagi sahifasiga post joyladi. 

Surat ostiga kuzatuvchilardan biri Serverga murojaat qilib, undan termaga qaytishni so'ragan.

36 yoshli yarim himoyachi esa foydalanuvchiga hozirgi terma jamoa a'zolari o'ynab ketishi uchun bosh murabbiy (Ektor Kuper) o'zgarishining o'zi kifoya qilishini aytgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, Ektor Kuper lavozimidan ozod etilgan. Uning o'rniga terma jamoaning sobiq murabbiyi Vadim Abramov qaytishi kutilmoqda. 

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!