Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Futbol muxlisalari (16+)
» Yuklamalar ombori (vip)
» Telegramdagi kanalimizda qo'shiling!
Psixoonkologiya nima?
MUHARRIR: Admin

11 SENTYABR, 22:25 / KO'RILDI: 5

Psixoonkologiya – multidistsiplinar yo'nalish bo'lib, psixologiya, onkologiya va sotsiologiyadan tuzilgan va bugungi kunda onkologiyaning bo'limi sifatida rivojlanib kelmoqda. Bu yo'nalish onkologik kasalliklarning bemor ruhiyatiga ta'siri, bemordagi ruhiy buzilishlarning onkologik kasalliklar paydo bo'lishi va rivojlanishiga ta'sirini o'rganadi. Shuningdek, kimyoterapiya, nur terapiyasi, platsebo terapiya, notsebo terapiya olayotgan bemorlar ruhiyatini o'rganadi.

Psixoonkologiyaning tadqiq doirasi saraton kasalligini davolashdan tashqari, bemorning turmush tarzi, kasallikning kelib chiqish sabablari, ruhiy  va ijtimoiy aspektlarni o'rganishni o'z ichiga oladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, onkologik kasalliklar bilan og'rigan bemorlar ko'pincha komorbid (asosiy kasallikka qo'shimcha) ruhiy buzilishlardan aziyat chekadi. 10-25% bemorlarda depressiya, 15-28% bemorlarda qo'zg'aluvchanlik rivojlanadi. 

Saraton bilan og'rigan bemorlarda depressiv holat borligi ularning hayotini biroz qisqartiradi. Bu o'ziga bo'lgan g'amxo'rlikni yo'qligi bilan bog'liq. Psixoterapiya bemorlarni davolanishga rag'batlantiradi. Tekshiruvlarda sut bezi metastatik (tarqalgan) saratonida o'tkazilgan psixoterapiya bemorlarni hayotini o'rtacha 18 oyga cho'zganligi aniqlangan.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!