Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Futbol muxlisalari (16+)
» Yuklamalar ombori (vip)
» Telegramdagi kanalimizda qo'shiling!
Dilshod Yusufaliev: "Respublikamiz bo'ylab joylarda rejali o'chirishlar umuman yo'q!"
MUHARRIR: Admin

11 SENTYABR, 22:15 / KO'RILDI: 6

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilishi sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori ijrosiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Ma'lum qilinishicha, “Milliy energetika tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati 2019 yilda jami 51,6 mlrd kVt/soat elektr energiyasini transportirovka qilish majburiyatini olgan. Yanvar-avgust oylarida 32,9 mlrd kVt/soat elektr energiyasi transportirovka qilingan.

AJ iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig'i Abdurashid Jo'raev mahalliylashtirish dasturiga muvofiq joriy yilda 480,5 mln so'mlik elektr energiya ishlab chiqarish rejalashtirilgani, shundan 8 oy davomida 326,4 mln so'mlik elektr energiya ishlab chiqarilganini bildirdi.

Jurnalistlar mamlakatimizda elektr energiyasi etib bormagan hududlar va bu qancha foizni tashkil etishi haqida savol berdi.

“O'zbekiston hududida elektr energiyasi etib bormagan joy yo'q, — dedi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bosh mutaxassisi Dilshod Yusufaliev. — Hozirda respublikamiz bo'ylab joylarda rejali o'chirishlar umuman yo'q. Lekin avariyaviy o'chirishlar bor. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidalari mavjud. Unga ko'ra, uzoq muddatli rejali o'chirish bo'ladigan bo'lsa, iste'molchilar mahalliy hokimlik yoki qishloq fuqarolar yig'ini vakillari orqali belgilangan tartibda 3 kun oldin ogohlantiriladi”.

Muloqot davomida issiqlik ta'minoti korxonalariga aholi uchun pasaytirilgan tariflarni qo'llash natijasida yuzaga keladigan zararni qoplash uchun davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish ko'zda tutilgani tak'idlandi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!