Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Futbol muxlisalari (16+)
» Yuklamalar ombori (vip)
» Telegramdagi kanalimizda qo'shiling!
AQSh Rossiya va Xitoy nima uchun oltin jamg'arayotganini tushuntirdi
MUHARRIR: Admin

11 SENTYABR, 22:15 / KO'RILDI: 25

Rossiya va Xitoy kelajakda dollar zaxira puli bo'lib qolmasligini kutib, oltin zaxiralarini yaratmoqdalar. De di Amerikalik moliyaviy ekspert. Bu haqida «Fox Business» telekanali xabar bermoqda.

«Euro Pacific Capital Inc» rahbari vazifasida faoliyat yurutuvchi ekspert Piter Shiffning ta'kidlashicha, Rossiya va Xitoy rasmiylari «dollar endi zaxira puli bo'lmaydigan vaqtga tayyorlanmoqda».

«Bloomberg»ning ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda Xitoyning oltin zaxirasi 1950 tonnadan oshadi, Rossiya esa, 2200 tonnadan ortiq oltin zaxirasi bilan dunyoda 5-o'rinni egallaydi. 2018 yil dekabr oyidan boshlab Xitoy 100 tonna qimmatbaho metallarni sotib oldi, Rossiya bu yil zaxirasini 106 tonnaga oshirdi.

Oltinning jahon narxlari so'nggi olti yil ichida maksimal darajaga ko'tarilib, avgust oyida bir untsiya 1550 dollarga etdi. Savdo urushlari va global iqtisodiyotning ahvoli bilan bog'liq xavotirlar fonida oltin narxi ko'tarilib bormoqda.

Manba: tarjumon.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!