Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Futbol muxlisalari (16+)
» Yuklamalar ombori (vip)
» Telegramdagi kanalimizda qo'shiling!
Senator O'zbekistonda to'ylarni hududiy ichki ishlar organlari nazoratida o'tkazishni taklif qildi
MUHARRIR: Admin

11 SENTYABR, 21:55 / KO'RILDI: 5

O'zbekiston Senati «oilalar farovonligini ta'minlash, ulardagi ajralishlarning oldini olish, mehnat bilan topilgan mablag'larni farzandlar kamoli uchun sarflash»ni nazarda tutuvchi me'yoriy hujjatni ishlab chiqish vaqti keldi. Bu fikr Senat a'zosi, Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o'rinbosari Maqsuda Vorisova tomonidan bildirildi.

Senatorning fikricha, parlament yuqori palatasi tomonidan qabul qilinishi lozim bo'lgan me'yoriy hujjatda quyidagi masalalarga aniq echim berilishi lozim:

Birinchidan, Senat tomonidan O'zbekistonda to'y va boshqa marosimlarda ortiqcha sarf-xarajatlarga yo'l qo'ymaslik, isrofgarchilikning oldini olish, soxta obro' qozonish maqsadida, bir kunda ortiqcha marosimlar, dabdabali to'ylarga barham berish, har bir hududning o'z yaxshi an'analarini hisobga olgan holda, to'y va marosimlarning aniq me'yorini belgilash haqida qaror qabul qilinishi lozim.

Ikkinchidan, nikohlanuvchilar o'rtasida ikkala tomonning huquq va majburiyatlari aks ettirilgan, oilaviy hayotda va ajrim ro'y bergan holatda bajarilishi zarur bo'lgan vazifalar aniq belgilangan «Nikoh shartnomasi» tuzilishi majburiy joriy etilishi zarur.

Uchinchidan, to'y qiluvchi ikkala taraf o'rtasida tomonlarning vazifalari va majburiyatlari aniq ko'rsatilgan, Senati qarori talablari asosida tuzilgan «To'y shartnomasi» amalga tatbiq qilinishi kerak.

To'rtinchidan, to'y va boshqa marosimlarning Senat qarori asosida o'tkazilishi nazorati mahalla fuqarolar yig'inlari va hududiy ichki ishlar organlari tomonidan nazorat qilinishi kerak.

Beshinchidan, barcha jamoat tashkilotlari, vazirliklar, ommaviy axborot vositalari tomonidan aholi orasida dabdababozlik va isrofgarchilikka qarshi targ'ibot ishlari olib borilishi kerak.

Oltinchidan, bu ishlarda barcha darajadagi rahbar xodimlar shaxsiy namuna ko'rsatishlari lozim.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!