LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 17:21
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Eronda ikki kishi iqtisodiy qonunbuzarliklar uchun qatl etildi
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 19:35 / KO'RILDI: 26

Eronda iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida ikki kishi iqtisodiy qonunbuzarliklar uchun qatl etildi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Ikkala sudlanuvchiga ham «korruptsiyani tarqatganlik» uchun jazo tayinlangan, bu esa Eronda islom qonunlari bo'yicha o'lim jazosi bilan jazolanuvchi qonunbuzarlik hisoblanadi.

Moliyaviy qonunbuzarliklarga qarshi kurash mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz hamda AQShning neft sektoriga qaratilgan yangi sanktsiyalari fonida olib borilmoqda.

Eronda moliyaviy jinoyatlar ishlari bo'yicha maxsus sudlar yaratilganidan buyon kamida ettita o'lim hukmi chiqarilgan, ba'zi sud majlislari esa televidenie orqali jonli efirda uzatilgan.

Manba: daryo.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!