LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 17:21
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Adolat
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 19:25 / KO'RILDI: 22

Xalifa Umar ibn Abdulaziz rohimahulloh qo'l ostidagi voliylaridan Abdulhamid degan kishiga quyidagi maktubni yozgan ekan:

"Menga maktubingda ishboshilardan bir nechtasi ayrim baytulmolga qarashli mollarni o'zlashtirib olganini aytib, ularga qo'lingni cho'zishga (qiynoqqa olishga) ruxsat so'rabsan. Taajjub, xuddi men senga qalqondek insonlarni azoblashda mendan foydalanmoqchi bo'libsan, go'yo mening bunga rozi bo'lishim seni Allohning g'azabidan qutqarib qoladigandek.

Ushbu maktubim etib borishi bilan, qara: ulardan kim o'z aybiga iqror bo'lsa, aybiga yarasha jazo ber, kim inkor etsa, qasam ichdir, so'ngra qo'yib yubor. Qasamki, Allohga qilgan xiyonatlari bilan ro'baro' bo'lishlari ularning qonlari bo'ynimda bo'lib Allohga ro'baro' bo'lishimdan ko'ra xayrliroqdir".

Manba: azon.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!