Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 09:10
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Million guruhi konserti (HD)
Birmingemda yashovchi 9 yashar qizaloqni fanga noma'lum allergiya terisidan, ko'zlaridan ayirdi… (FO
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!
.. Yuklab olish

To'qqiz yashar Foniks Richi sog'lo va tengqurlari qatori baxtli edi. Kutilmaganda, mazasi qochdi-yu, terisining 70 foiz qismi kuyib ketdi. Ajablanarlisi, olovdan emas, vrachlarning aytishicha, fanga noma'lum allergiya tufayli. Bu xastalik tez orada qizaloqning ko'zlarini ham deyarli ko'r qilib qo'ydi. Bu nima edi o'zi?..
.. Yuklab olish

Qiz kunlarning birida tomog'i og'riyotganidan onasi Nikol xonimga arz qilgandi. Ona uni do'xtirga olib bordi. Do'xtir Foniks Richini tekshirib ko'rdi-da, dori yozib berdi. Xuddi shu kecha qizning isitmasi ko'tarilib, terisini xuddi olovda kuygandan keyin paydo bo'ladigan qip-qizil pufakchalar qopladi. Sal o'tib nafasi siqa boshladi.
— Qizim juda qisqa fursatda tanib bo'lmas darajaga yetgandi, — deydi Nikol xonim. — A'zoyi badanini peslik nuqsi egallab oldi. Egallasayam mayli, og'riqlardan azoblana boshladi…
Azbaroyi qo'rqib ketgan ona Foniksni zudlik bilan kasalxonaga olib bordi. Qizning ahvoli daqiqa sayin yomonlasha borardi. Uni kasalxonaning jonlantirish bo'limiga yotqizishdi. Oradan yarim soat o'tib-o'tmay, vrachlar qizaloq yashab keta olmasligi mumkinligini aytishdi. Xullas, davolashlar, muolajalar, yelib-yugurishlar yordam bera qolmadi. Foniksni vertolyotda Birmingemdagi klinikalardan biriga olib borishdi. Ana shu yerda Foniksning kasali aniqlandi. U Stivens-Jonson sindromiga uchrabdi. Uni 40 kun davomida klinikadan klinikaga olib o'taverib charchashdi. Terisi esa tobora kuyib, yo'qolib borardi. Agar harakat qilinmasa, qon zararlanishi va Foniks olamdan o'tishi muqarrar edi…
.. Yuklab olish

Xayriyat, teri kuyishini bir amallab to'xtatishdi. Mutaxassislarning aytishicha, qizaloq qaysidir bir dorini ichgan-u, allergiya qo'zg'alib shu xastalikka chalingan bo'lishi mumkin…
Ha, bu tashhis ham hali aniq emas. Shunchaki taxmin. Harqalay, terisi kuyib, ko'chib tushishdan to'xtadi-ku!.. Faqat ko'zlari ko'rmay qolishi yomon bo'ldi-da! Lekin Foniks baribir xursand. Dunyoni deyarli ko'rmayotgan bo'lsa-da, avvalgidek og'riqlardan azoblanmayapti ekan. Asosiysi, shu ahvolda bo'lsa-da, qadrdon maktabiga, mehribon sinfdoshlari davrasiga qaytibdi.
Shunisiga ham shukr!
. Aman (WapUsta)
15.10.2017 / 13:54
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Umumiy: 1
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: