LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:42
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Xabib o'z kitobi taqdimotini o'tkazadi
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 18:50 / KO'RILDI: 48

Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomdoev o'zining avtobiografik kitobi nashrdan chiqishini ma'lum qildi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

"KhabibTime" nomli avtobiografiyam tayyor va chop etish uchun topshirildi. Bu haqida sizlarga e'lon qilayotganimdan mamnunman. Ushbu kitob ustida ikki yil davomida ishladik. Zaur Kurbanov bilan birga kitob yozishni boshlaganimizda ikki yildan so'ng UFC chempioniga aylanishimga ishonchim komil emasdi. O'shanda menga "Kitob yozish uchun hali erta emasmi, buning uchun chempion bo'lish lozim" degan gapni aytishgandi. Umuman olganda tanqidlar etarli bo'lgandi. Bu tavakkal edi. Endi esa bu kitob dunyo yuzini ko'rishga haqli. Kitob taqdimotini hayajon bilan kutmoqdaman. Taqdimot 26 noyabr kuni Moskvadagi "Synergy Global Forum" biznes-forumida o'tkaziladi", - deb xabar qoldirgan sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Manba: darakchi.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!