LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:49
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Hikmatullo To'raev dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-Prisida oltin medalga sazovor bo'ldi
MUHARRIR: wapusta

11 NOYABR, 06:35 / KO'RILDI: 22

10 noyabr  kuni Toshkent shahrida o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha Gran-Pri turniri doirasida erkaklar o'rtasida 73 kg, 81 kg, ayollar o'rtasida esa 63 kg va 70 kg vazn toifalarida bahslar o'tkazildi.

73 kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qilgan Hikmatullo To'raev turnir davomida Ruminiya, Shvetsiya, Frantsiya, BAA vakillarini mag'lubiyatga uchratdi va finalgacha etib bordi. Hal qiluvchi jangda u germaniyalik Igor Vandtkega qarshi tatamiga chiqdi va qiyin kechgan jangda g'alaba qozona oldi. Shu tariqa, Hikmatullo ushbu Gran-Prida O'zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki oltin medalni qo'shib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, kecha musobaqada 60 kg vazn toifasida Diyorbek O'rozboev (kumush), 66 kg vaznli sportchilar o'rtasidagi bahslarda esa Sardor Nurillaev (kumush) va Shahram Ahadov (bronza) sovrindorlar qatoridan o'rin olgandilar.

Manba: kun.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!