LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 20:14
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Xitoy va Isroil erkin savdo zonasini tashkil qiladi
MUHARRIR: wapusta

11 NOYABR, 06:05 / KO'RILDI: 35

"Xitoy va Isroil 2019 yilda erkin savdo zonasini tashkil etish to'g'risida shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Quddusda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Xitoy Xalq Respublikasi vitse-prezidenti Van Tsishan bilan bo'lgan muzokaralardan so'ng ma'lum qilindi", – deb yozadi “Jerusalem Post”.

“Xitoy Xalq Respublikasi – Isroilning ikkinchi yirik iqtisodiy hamkori hisoblanadi. Isroil va Xitoy o'rtasida savdo hajmi 2017 yilda 10 mlrd dollarni tashkil etgan. 2018 yilda biz bu ko'rsatkichni 30 foizga oshirdik. Men Evropa davlatlari Xitoyning yirik savdo hamkorlari emasliklarini bilaman. Biroq Xitoy bilan hamkorlik biz uchun juda muhim”, – dedi Binyamin Netanyaxu.

Bosh vazirning so'zlariga ko'ra, erkin iqtisodiy zona ikki mamlakat o'rtasida qo'shma korxonalarni tashkil etishga imkon beradi.

O'z o'rnida Xitoy davlati ham “Isroil bilan yaqin iqtisodiy aloqalar Xitoyning sifatli iqtisodiy o'sishga intilishi” ekanini ta'kidladi.

Erkin iqtisodiy zona, bu – geografik jihatdan aniq belgilangan, bojxona va savdo tartibiga ega hudud. Erkin kapital kiritish, tovar va ishchi kuchini eksport va import qilishning bojsiz (imtiyozli) tartibi – EIZning o'ziga xos xususiyati.

Manba: turon24.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!