LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:18
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Nukusda uchta institut filiali ochildi
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 16:55 / KO'RILDI: 14

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Nukus shahrida 3 ta OTMning filiali tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma'lum qilindi.   Qaror bilan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti hamda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali tashkil etildi.   Qarorlar bilan mazkur filiallarning tuzilmasi hamda bakalavrlar tayyorlash bo'yicha ta'lim yo'nalishlari tasdiqlandi.   2019–2020 o'quv yilida har bir Filialga 50 nafardan talaba qabul qilinadi.   2020–2021 o'quv yilidan boshlab esa mazkur Filiallarga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!