LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:09
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
O'tgan hafta davomida onlayn auktsionda mingdan ziyod «chiroyli» avtomobil raqamlari sotildi
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 16:40 / KO'RILDI: 29

O'tgan hafta mobaynida onlayn auktsion orqali 1015 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 4,1 milliard so'mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 26% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49% ikkinchi va 25% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida etakchilikni Farg'ona viloyatining avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 19% ga teng. Keyingi o'rinda Samarqand viloyatining avto havaskorlari 17% ulush bilan joylashdi.

Uchinchi o'rin Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlariga tegishli bo'lib, ulushi 14% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 50% ga teng.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!