LOGOTIPE
Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 00:48
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Ertaga O'zbekistonning ayrim hududlarida harorat -13 gacha tushadi
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 16:30 / KO'RILDI: 43

Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma'lumotga ko'ra, ertaga, 15 noyabr kuni mamlakat bo'ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.   Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -3...-1, kunduzi +8...+10 daraja bo'ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga etadi.  Havo bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi.   Farg'ona vodiysida havo  kechasi -5...0, kunduzi +5...+10 daraja bo'lishi kutilmoqda. 3-8 m/s tezlikda shamol esib, yog'ingarchilik kutilmaydi.   Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -5...0, kunduzi +5...+10 daraja bo'lib, havo o'zgarib turadi, 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.   Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi -7...-2, kunduzi +5...+10 daraja bo'ladi. Havo biroz bulutli bo'lib, shamol tezligi 3-8 m/sga etadi.   Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi -5...0, kunduzi +8...+13 darajagacha ko'tariladi. Shamol tezligi 3-8m/sga etadi. Yog'ingarchilik kutilmaydi.   Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -11...-6, kunduzi 0...+5 daraja bo'ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Havo bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi.   Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi -13...-8, kunduzi esa -7...-2 daraja bo'ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!