Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Qoshiqchi ishi: “Xo'jayin, ish bajarildi”
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 16:25 / KO'RILDI: 58

Saudiyalik qotillar guruhi a'zosi Jamol Qoshiqchi o'ldirilgandan bir muncha vaqt o'tgach, valiahd yordamchisiga “xo'jayiningizga ayting, missiya bajarildi”, deb aytgan. Bu haqda The New York Timesga asosan Azon.uz xabar berdi.

Qoshiqchining o'limi yozuvlarini to'plagan, Turkiya razvedkasining uch nafar xodimining aytishicha, “xo'jayningizga” degan so'z bu Saudiya valiahdi Muhammad ibn Salmonni anglatadi.

Amerikalik razvedka mulozimlari bu yozuvlarni ibn Salmonni qotillikka bog'lab turgan eng kuchli dalil sifatida ko'rishmoqda.

Qoshiqchini o'ldirish uchun yuborilgan 15 nafar shaxslardan biri bo'lgan Mohir Abdulaziz Mutrib saroy mulozimlaridan biriga qo'ng'iroq qilgan va arab tilida suhbatlashgan, deydi NYT. Mutrib Saudiya shahzodasi bilan tez-tez safarga chiqqan xavfsizlik xodimi hisoblanadi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!