LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 17:22
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Bojxonachilar 34 ming turkman manatini O'zbekistondan olib chiqib ketayotgan kishilarni qo'lga oldi
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 14:55 / KO'RILDI: 8

O'zbekistondan “G'ishtko'prik” chegara bojxona posti orqali 17 ming turkman manatini noqonuniy olib chiqib ketayotgan kimsa, qo'lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo'mitasi xabar bermoqda.   Fuqaro G.M. bojxona ko'rigidan o'tkazilganida, kurtkasining chap cho'ntagida 7 ming hamda o'ng cho'ntagida 10 ming jami – 17 ming turkman manatini yo'lovchi bojxona deklaratsiyasida ko'rsatmasdan, yashirgan holda qo'shni davlatga yo'l olgani ma'lum bo'lgan.   Aynan shu postda fuqaro A.N. ham to'xtatilib tegishli tartibda bojxona ko'rigidan o'tkazilganda, ushbu shaxs ham kurtkasining ikki cho'ntagida jami 17 ming turkman manatini bojxona deklaratsiyasida ko'rsatmagan xolda qo'shni davlatga olib chiqib ketmoqchi bo'lganligi aniqlandi.   “Navoiy” chegara bojxona posti orqali qo'shni davlatga yo'l olgan fuqaro A.Sh. bojxona nazoratidan o'tkazilganida esa, og'zaki so'rovda va bojxona deklaratsiyasida ma'lum qilmasdan turib, o'ziga tegishli bo'lmagan 5000 AQSh dollarini ma'lum haq evaziga qo'shni davlatga olib chiqib bermoqchi bo'lgani fosh bo'lgan.   Shu kunning o'zida, aynan shu postda xuddi shunga o'xshash yana bir xolat aniqlandi. Tegishli tartibda bojxona nazoratidan o'tkazilgan fuqaro D.B. hamog'zaki so'rovda va bojxona deklaratsiyasida ma'lum qilmasdan turib, moddiy manfaatdorlik evaziga 5000 AQSh dollarini yashirincha olib chiqib bermoqchi bo'lgan vaqtda to'xtatib qolingan.   Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Manba: qalampir. com

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!