LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 17:22
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Yunusoboddagi sintepon tsexida yong'in sodir bo'ldi
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 14:45 / KO'RILDI: 9

Bugun, 14 noyabr kuni Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi 160-uyda joylashgan «Yunusobod kichik sanoat zonasi» hududidagi «Stroyteploizolyatsiya» MChJning sintepon ishlab chiqarish tsexida yong'in sodir bo'ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB Yong'in xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish markaziga yong'in haqidagi ma'lumot 10:01 da kelib tushgan.

Yong'inni o'chirishga 14 ta asosiy va 3 ta maxsus yong'in o'chirish ekipajlari jalb qilingan. Yong'in soat 10:34 da qurshab olingan. Yong'in boshlanganiga 2 soatdan oshgan bo'lsa ham u hozircha batamom o'chirilgani yo'q. Tan jarohati olganlar haqida ma'lumot yo'q.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!