Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Hukumat milliylikka "yot" kiyimlarni olib kirishni taqiqlamoqchi
MUHARRIR: Admin

14 AVGUST, 17:45 / KO'RILDI: 73

Tojikistonda "milliy madaniyatga yot" bo'lmish kiyim-kechaklarni olib kirish va sotishni taqiqlashmoqchi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda sizdirilgan hukumat majlisi bayonnomasiga tayanib Tarjumon.uz xabar bermoqda.

Prezident devonining rahbari Ozoda Rahmon (Tojikiston prezidentining qizi) 29 iyulda imzolagan va bayonnomada "milliy urf-odatlarga yot bo'lgan kiyim-kechaklar" iborasi aynan qanday kiyimlarni anglatishiga aniq sharh berilmagan.

"Maxfiy" grif bilan muhrlangan hujjatning ijrosi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi, Din ishlari, urf-odatlar va marosimlarni tartibga solish bo'yicha davlat qo'mitasi, Ayollar va oila ishlari bo'yicha davlat qo'mitasi, Bojxona xizmati, Islomshunoslik markazi, Islom markazi ulamolar kengashi va boshqa markaziy va mahalliy hokimiyatlarning rahbarlariga topshirildi. Tojikiston hukumati ushbu sizdirilgan maxfiy hujjat yuzasidan rasmiy izoh bermadi.

Guyoki milliy liboslarni ommalashtirishni ko'zlagan hujjat Tojikistonda anchadan beri davom etayotgan ayollarning "islomiy" kiyinishiga qarshi kampaniyaning qismi bo'lishi mumkin.

Ko'pgina davlat va ijtimoiy muassasalarda, shu jumladan kasalxonalarda, maktablarda va FXDYo idoralarida ayollarga hijob va chodiralarda (boshlarini va bo'yinlarini yopadigan hijob) kirish taqiqlangan. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, ma'murlar jamoat joylarida hijobda yurgan ayollarni to'xtatib, ular xaqida ma'lumotlarni qayd etib qo'yadilar va "tojikcha" (qisqacha va orqaga) ro'molni bog'lashni talab qiladilar.

2015 yilda Dushanbe shahrining o'sha paytdagi hokimi Mahmadsaid Ubaydulloev barcha savdo do'konlaridan tojikcha kiyinish tarziga to'g'ri kelmaydigan kiymlarni musodara qilishga buyurgan. Tojikistonda "tojikcha kiyinish tarziga to'g'ri kelmaydigan kiymlar" deganda ba'zi Yaqin Sharq mamlakatlarida urf bo'lgan qora rangdagi musulimalar liboslari tushuniladi. Shuningdek, tojik parlamenti 2017 yilda milliy kiyimlarni kiyishni va davlat tilini bilishni majburiy qilib qo'ygan.

Respublikada hijoblarga qarshi kurash inson huquqlari faollari tomonidan vijdon va din erkinligining buzilishi sifatida tanqid qilib kelinadi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!