Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Yuklamalar ombori (Vip)
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
Atamboevga yana ikkita jinoyat ishi bo'yicha ayblov e'lon qilindi
MUHARRIR: WapUsta

14 AVGUST, 17:35 / KO'RILDI: 16

Qirg'izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboevga yana ikkita jinoyat ishi – IES modernizatsiyasi va ofis sotib olish bo'yicha ayblov e'lon qilindi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma'lum qildi.

"Harbiy prokuratura yana ikkita jinoyat ishi - IES modernizatsiyasi va Forum binolari bo'yicha bildirishnoma e'lon qildi", - dedi Slesarev. 

Harbiy prokuratura aybloviga deputatlar komissiyasining xulosasi asos bo'lib xizmat qildi.

2018 yil yanvarida butun Qirg'iziston poytaxtini issiqlik va elektr bilan ta'minlaydigan Bishkek IESda avariya sodir bo'lgandi. Avariyadan so'ng modernizatsiyasi 386 million dollarga tushgan IES atrofida mojaro kelib chiqdi. IES bo'yicha shartnoma tuzishda korruptsiyaga yo'l qo'yganlikda ayblanib qator amaldorlar, jumladan, sobiq bosh vazirlar Sapar Isakov va Jantoro Satibaldiev hibsga olingan.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!