Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Jasliq yopildi, navbatdagi qadam qanday bo'ladi? Evroittifoq bu borada rasmiy bayonot berdi
MUHARRIR: Admin

14 AVGUST, 17:20 / KO'RILDI: 87

Evropa Ittifoqi Qoraqalpog'istondagi Jasliq koloniyasining yopilishi yuzasidan bayonot berdi. Rasmiy Bryussel ushbu voqeani qamoqxonalarni yaxshiroq boshqarish yo'lidagi qadam deb baholagan. Bu haqda "xabar.uz" yozmoqda.

Qayd etilishicha, EI O'zbekistonning «Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konventsiya» Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilishi va uni to'liq ijro etishi, shu asosda jazoni ijro etish tizimidagi islohotlarni davom ettirishini istaydi.

Bayonotda ilg'or xalqaro tajribaga muvofiq, Ombudsmanning milliy profilaktika mexanizmini amalga oshirish bo'yicha vakolatlarini kengaytirish lozimligi ham eslatib o'tilgan.

«2017-2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida ta'kidlanganidek, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga hurmat O'zbekistonning jadal iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining muhim shartidir. Ham xorijlik, ham mahalliy iqtisodiy operatorlarning amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan ishonchi va O'zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishi ushbu sohadagi muntazam ijobiy o'zgarishlarga bog'liqdir. Evropa Ittifoqi munosabatlarimizni yangi bosqichga olib chiqadigan bu kabi sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlashga tayyor», – deyiladi EI bayonotida.

Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 avgust kuni «Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to'g'risida»gi qarorni imzoladi. Ushbu qaror xalqaro inson huquqlari tashkilotlari tomonidan ijobiy baholandi.

Human Rights Watch tashkiloti vakili Stiv Sverdlou Jasliq koloniyasi yopilishini «aql bovar qilmas yangilik» deb atab, qiynoqlar davri ortda qolganiga ishonch bildirdi.

Amnesty International tashkiloti vakili Deniel Balson O'zbekistonning xalqaro nufuziga soya solib turgan koloniyaning yopilishi inson huquqlarini ta'minlash yo'lida dadil odim bo'lganini qayd etdi.

BMTning O'zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Helena Freyzer ushbu qaror xalqaro tashkilot tavsiyalariga muvofiq ekanini ta'kidladi.

O'tgan yillar davomida BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi va Qiynoqlar bo'yicha maxsus ma'ruzachisi hamda bir qator xalqaro inson huquqlari tashkilotlari O'zbekiston hukumatiga Jasliq koloniyani yopishni so'rab murojaat qilgan.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!