Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Sirdaryoda huquqbuzarlik aniqlandi
MUHARRIR: Admin

14 AVGUST, 17:00 / KO'RILDI: 48

Mamlakatimizda tadbirkorlarning manfaatlari yo'lida barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ularning bizneslari rivojlanishi yo'lidagi sa'y-harakatlari keng qo'llab-quvvatlanmoqda. Biroq, ba'zi tadbirkorlarning mana shu g'amxo'rliklarga nisbatan iste'molchi sifatida  noqonuniy hatti-harakatlarni amalga oshirayotganlariga nima deysiz?

Majburiy ijro byurosi Mirzaobod tuman bo'limi xodimlari tomonidan  M.Ulug'bek mahallasida elektr energiyasidan foydalanishning qonuniyligi tekshirilganida fuqaro S.A. tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyadan foydalanish qoidalari talablariga zid ravishda, hojatxona qog'ozi ishlab chiqarish tsexida umumiy foydalanishda bo'lgan elektr tarmog'iga hisoblagichni hisobdan o'tkazmay, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan ulanib foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Noqonuniy foydalanish natijasida elektr ta'minoti korxonasi manfaatlariga 2 785 034 so'm miqdorida zarar etkazganligi aniqlandi. Zarar miqdori kam deyish mumkin, ba'zilar. Biroq, holat aniqlanmaganida zarar miqdori oz ozdan ko'payib ketishi aniq edi. Bu esa albatta tadbirkorning daromadiga zarar etkazishi tayin.

Huquqbuzar S.A.ga nisbatan to'plangan ma'muriy ish hujjatlari qo'rib chiqilib, unga eng kam oylik ish haqining 5 baravari ya'ni 1 013 650 so'm miqdorida ma'muriy jarima jazosi qo'llanildi va to'liq undirildi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!