Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Toshkentda jazo muddatini o'tayotgan xavfli jinoyatchi-mahkum qochib ketdi
MUHARRIR: Admin

14 AVGUST, 07:15 / KO'RILDI: 94

Toshkentdagi 51- manzil koloniyada jazo muddatini o'taëtgan 43 yoshli mahkum O. A.ning qochib ketgani aytilmoqda.

Mahkumning qochib ketgani ortidan huquq tartibot idoralari tomonidan qidiruv e'lon qilingan.

«Ozod Evropa» radiosining xabariga ko'ra, mahkum O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97- moddasi («Qasddan odam o'ldirish») tartibida ayblanib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Odatda jazo muddatini o'tayotgan mahkumlarning fuqarolik pasportlari olib qo'yiladi. Lekin, O.A.ning pasport olgani hamda qochishga muvaffaq bo'lgani xabar qilindi.

Agarda u qo'lga tushgudek bo'lsa, Jinoyat kodeksining bir nechta moddasi tartibida jazoga tortiladi.

 

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!