Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (16+)
Yuklamalar ombori (vip)
Liverpul muxlislari sayti- Liverpul.net
Portugaliyada yoqilg'i inqirozi yuzaga keldi
MUHARRIR: Admin

14 AVGUST, 06:35 / KO'RILDI: 29

Buning ortidan mamlakatdagi aksariyat avtomobillarga yoqilg'i quyish shahobchalari ishlamayapti. Hukumat esa vaziyatdan chiqish yo'llarini qidirmoqda. Bu haqda Euronews.com.nashri xabar bermoqda.

Dushanba kuni mamlakatda yoqilg'i tashuvchi yuk avtomobillari haydovchilari ommaviy ravishda ish tashlash e'lon qildi. Bu holat esa sayyohlik mavsumining avj pallasida mamlakatni deyarli falajlab qo'ydi. Haydovchilar oylik maoshlarining oshirilishi va ish sharoitlarining yaxshilanishini talab etishmoqda. Ish beruvchilar bilan bo'lib o'tgan muzokaralar esa muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Ayni damda mamlakatdagi yoqilg'i quyush shahobchalarining uchdan bir qismi ishlamayapti. Portugaliya hukumati 21 avgust kuniga qadar mamlakatda favqulodda energetik holatni e'lon qilishga majbur bo'ldi.

Buning ortidan benzin sotuviga nisbatan cheklov joriy etildi. Endi har bir avtomobilga faqatgina 15 litr miqdorida benzin quyilmoqda. Shuningdek, hukumat fuqarolik rekvizitsiyasi to'g'risidagi qonunni qo'llagan holda namoyishchilarga hech bo'lmaganda minimal xizmatlar ko'rsatish majburiyatini yuklamoqda. Unga ko'ra, ish tashlovchilar, oziq-ovqat etkazib beruvchilar, qutqaruv xizmatlari va jamoat transportini zaruriy miqdorda yoqilg'i bilan ta'minlashi zarur aks holda ular ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

 

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!