Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Buvilar uzugidan ehtiyot bo'lish kerakligi aytilmoqda! Nega?
MUHARRIR: Admin

14 AVGUST, 06:15 / KO'RILDI: 108

Tilla taqinchoqlarni har bir ayol kishi yoqtirsa ajab emas. Ammo tilla taqinchoqlar ham faqat boylik va go'zallik ramzi bo'libgina qolmay, atrof-muhitdan keladigan axborotni o'zida jamlaydigan va qayta ishlaydigan vosita hamdir.

Tilla taqinchoqlar o'ziga xos energetik maydonga ega bo'lib, kishi sog'ligiga ham ta'sir ko'rsatadi. Masalan, ba'zida ayollar yillab farzandsizlik kasalidan azob chekishadi. Buning sabablaridan biri, nomsiz barmoqqa tunu kun taqib yuriladigan nikoh uzugi ham bo'lishi mumkin. Nomsiz barmoq esa ichki sekretsiya bezlari, sut bezlari, tuxumdonlar bilan bog'liq bo'lib, tilla ularga noxush ta'sir qilishi ham mumkin.

Tillani davolash vositalarida ham qo'llashadi. Qadimdan tabiblar tilla bilan davolash usullaridan xabardor bo'lishgan. Masalan, tish og'riganda nikoh uzugini ipga bog'lab, suv to'la idishga solib, soat miliday aylantiring va tishingiz og'rig'i yo'qolishini tilang. Shu suvni olib qo'yib, tishingiz og'riganda chayishingiz mumkin.

Tilla bilan bog'liq irimlar ham bor. Masalan, ba'zi xalqlarda qiz bola nikohdan o'tayotganda onasining, buvisining nikoh uzugini taqishi yaxshilikka olib kelmaydi, deya hisoblanilgan. Necha yillardan o'tib kelgan uzukni taqqandan ko'ra, oddiygina bo'lsa-da, o'z nikoh uzugingizni taqish yaxshiroq, deydilar.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!