LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:02
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
"Qizil" yo'lakdan yashirincha olib o'tilayotgan qorako'l terilari ushlanib qolindi
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 14:00 / KO'RILDI: 11

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari Istanbul shahriga otlangan fuqaro M.R.ning qo'l yuklarini bojxona ko'rigidan o'tkazish chog'ida qonunbuzarlik holatini aniqlashdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo'mitasi Axborot xizmati.

Ushbu shaxs garchi "qizil yo'lak" orqali harakatlangan bo'lsa-da, yo'lovchi bojxona deklaratsiyasida ko'rsatilmagan va bojxona xodimlarining og'zaki so'rovi paytida ma'lum qilinmagan 45 dona qorako'l terilarini qo'l yuklari orasiga yashirgancha mamlakatimizdan noqonuniy tarzda olib chiqib ketishga uringan ekan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: darakchi.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!