LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:09
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
FHDYo arxiv hujjatlarini qo'lda izlashdan voz kechiladi
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 13:30 / KO'RILDI: 6

Davlat xizmatlari agentligi delegatsiyasi hujjatlarni raqamlashtirish uchun professional uskunalar ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniya “MICROBOX GmbH”ga tashrif buyurdi.

Ish safarining asosiy maqsadlari ichida — davlat xizmatlari sohasini raqamlashtirish borasidagi ikki mamlakat vakolatli organlari o'rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, zamonaviy skanerlarni boshqarish uchun o'quv mashg'ulotlari, shuningdek, arxiv ma'lumotlarini raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish. Bundan tashqari, mamlakatimizga zamonaviy skanerlash uskunalarini etkazib berishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgan kunidanoq o'zini innovatsion jarayonlarini harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon qildi. Shu bois, Davlat xizmatlari markazlari tizimida yangi — arxivarius lavozimini joriy etish hisobiga FHDYo organlari arxiv hujjatlarini taqdim etish jarayonida ularni qo'lda izlashdan voz kechish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 2022 yil 1 yanvarga qadar avtomatlashgan “FHDYo yagona elektron arxivi” tizimini shakllantirish rejalashtirilgan.

“MICROBOX GmbH” tomonidan taqdim etilayotgan professional echimlar dunyodagi eng yaxshilar qatoriga kiradi. Mutaxassislarning aytishicha, mazkur uskunalar raqamli arxivlarni yaratish bo'yicha deyarli hamma vazifalarni bajarishi mumkin.

Manba: azon.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!