Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:49
LoginA'zo bo'lish
Sayyohlarni koinotga yuborishni rejalashtirgan kompaniya faoliyatini yakunlashini e'lon qildi

 7 APREL, 08:40 71

.

Rossiyaning 2025 yilda mamlakatdagi birinchi kosmik turizm loyihasini yo'lga qo'yishni rejalashtirgan «KosmoKurs» xususiy kompaniyasining faoliyati to'xtatilyapti. Bu haqda kompaniyaning bosh direktori Pavel Pushkinga tayanib «RBK» xabar berdi.

«Kompaniya yopilyapti, xodimlarga ish o'rinlarining qisqarishi haqida e'lon qilindi», — dedi bosh direktor. Pushkinning so'zlariga ko'ra, Nijniy Novgorod viloyatidagi kosmodrom qurilishi masalasini mahalliy hokimiyat bilan muhokama qilishda «engib bo'lmas qiyinchiliklar» kompaniya faoliyatining tugatilishiga sabab bo'ldi.

Shuningdek, kompaniya Mudofaa vazirligidan suborbital raketani loyihalash uchun zarur bo'lgan hujjatlarni ololmagan. Hozir «KosmoKurs»da 50 nafar xodim faoliyat yuritmoqda, ular kompaniyaning yopilishi haqida ogohlantirilgan.

«Roskosmos» xususiy kompaniya bilan bog'liq vaziyatni bilishi va jamoani saqlab qolish uchun echimlarni izlayotgani haqida xabar berdi. «Endi ‘Roskosmos’ perimetriga kiruvchi ilmiy muassasalardan biri bilan uning tarkibiga noyob jamoani qo'shish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda», — deyiladi davlat tashkilotining matbuot xizmati xabarida.

Xrunicheva markazining sobiq xodimi Pavel Pushkin 2014 yilda «KosmaKurs»ga asos solgan. Tijorat kosmik turizmini rivojlantirish uchun kompaniya bir bosqichli qayta ishlatiladigan raketa va etti o'rinli kosmik kema loyihasini ishlab chiqdi. Davomiyligi 15 daqiqa bo'lgan birinchi parvoz 2025 yilga rejalashtirilgan edi. Umuman olganda, kompaniya yiliga 115 ta parvozni amalga oshirishi va orbitaga 700 kishini yuborishi rejalashtirilgan. Parvozning taxminiy narxi 200—250 ming dollarga baholangan edi.

Avvalroq Nijniy Novgorod viloyatida Rossiyaning birinchi xususiy kosmodromining qurilish loyihasi to'xtatilgani haqida xabar berildi. «RIA Novosti» bilan suhbatda Pushkin byurokratik to'siqlar haqida shikoyat qilgan. «Kosmodrom ishi bo'yicha hech narsa hal bo'lmayapti. Hamma ishni bir-biriga tashlayapti», — degan u.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™