Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:27
KirishRo'yxatdan o'tish
Tavsiya qilamiz
Yuklamalar ombori (vip)
Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
YANGILIK TASMASI
13 YANVAR 2021, 09:25

Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi park hududiga pullik kirish tartibi 31 martga qadar uzaytirildi, deb xabar qildi “Daryo” nashri.

Markaz direksiyasining 11 yanvarda tegishli buyrug'i imzolangan.
Pullik kirish tartibi park faoliyatini saqlab turish xarajatlarini hamda bog' infratuzilma va ob'yektlarini 2021 yilgi mavsumga tayyorlash xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida uzaytirilgan, deb bayon etilgan buyruqda.

Kirish tariflari o'zgarishsiz qoldirilgan.
Kirish chiptalari narxi 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga — bepul, 5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun — 5 ming so'm, 12 yoshdan kattalar uchun — 10 ming so'm, pensionerlarga — 5 ming so'm (guvohnoma bo'lgan taqdirda), nogironligi bo'lgan shaxslarga — bepul (guvohnoma bo'lgan taqdirda), yengil avtomobilda kirish — 20 ming so'm (yo'lovchilarni hisobga olgan holda).
Eslatib o'tamiz, Tashkent City bog'iga yangi yil arafasi va yangi yil kunlarida kirish vaqtinchalik pullik etib belgilangandi. Dastlabki rejaga ko'ra, pullik kirish tartibi 10 yanvarga qadar davom etishi kerak edi.

Manba: hordiq.uz

.

Qo‘shdi: Aman (WapUsta) O‘qildi: 170

Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!