Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 23:20
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Jinsiy olatni kattalashtirivchi №1 maxsulot
» Chocolate Slim Ozish uchun tabiiy kompleks
» Ajoyib yangiliklar telegram kanalida
JCh–2022 Qatar mamlakatidan olib qo'yiladimi?
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!
.. Yuklab olish

Chindan ham Qatar mamlakatidan jahon chempionatini o'tkazish huquqi olib qo'yilishi ehtimollari yuqori.
Futbol bo'yicha 2022 yil Qatarda o'tish kerak bo'lgan jahon chempionati mamlakatning chegaradosh davlatlar bilan aloqasi yomonligi sabab Qatardan boshqa mamlakatda o'tkazilishi mumkin.
Ma'lumki, avvalroq oltita arab mamlakati: Saudiya Arabistoni, Yaman, Mavritaniya, BAA, Bahrayn va Misrlar Xalqaro futbol federatsiyasi — FIFAga xat yo'llab, Qatar terroristik bazaga aylanganini va u yerda jahon chempionatini o'tkazish xavfli ekanini ta'kidlashgandi.
Biroq prezident Janni Infantino FIFA bunday xatlarni e'tiborga olmasligi hamda Qatardagi jahon chempionati qo'mitasi tashkiloti bilan suhbatlashganida, bu masala bo'yicha hech qanday muammo yo'qligi haqida aytib o'tgandi.
Ammo “BBC” nashrining tarqatgan xabariga ko'ra, Qatar mamlakatidan chindan ham jahon chempionatini o'tkazish huquqi olib qo'yilishi ehtimoli yuqori.
Qatar shu kunga qadar qo'shni mamlakatlar bilan o'rtadagi aloqani qayta tiklash masalasini hal etmagan. JChning olib qo'yilishiga Qatarning qo'shni mamlakatlar bilan siyosiy raqobatlarga chek qo'ymagani asosiy sabab bo'lishi mumkin.
Ma'lumot uchun, JCh–2022 musobaqasi Qatarda 2022 yil 21 noyabrdan 18 dekabr kuniga qadar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Mundial Qatarning Doha, Lusayl, Al-Vakra, Al-Hor, Al-Rayan, Umm-Salal va Madinat-ash-Shamol kabi shaharlarida qad rostlagan stadionlarda o'tkazilishi ham reja ostiga kiritib qo'yilgan.
Eslatib o'tamiz, Qatar hukumati joriy yilning avgust oyida Saudiya Arabistoni samolyotlarini Doha aeroportiga qo'nishiga ruxsat bermagan bo'lib, ushbu samolyotlar qatarlik musulmonlarning Haj amallarini o'tashi uchun Makka shahriga olib borishi mo'ljallangandi.
Hatto Saudia avikompaniyasi bosh direktorining ma'lum qilishicha, garchi Qatar tomoniga zarur hujjatlar yuborilgan bo'lsada, Doha aeroporti ushbu reysni amalga oshirishga ruxsat bermagan.
. Aman (WapUsta)
09.10.2017 / 10:18
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: