LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:10
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Andijon xalqaro aeroporti nega yopildi?
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 12:20 / KO'RILDI: 17

Andijon xalqaro aeroporti barcha parvozlar joriy yilning 27 oktyabridan e'tiboran bekor qilindi. Xo'sh, nega? Bunga aeroport direktori Saydullo To'xtasinov izoh berdi.   “Internetda tarqalgan xabarlar mish-mishdan boshqa narsa emas. Aeroport faoliyatini rasman to'xtatgani yo'q. Ishlayapmiz. Barcha xodimlar ish haqi olishyapti. Ammo aeroport bugungi talablarga javob bermaydi. Aerovokzal majmuasining barpo etilganiga 40 yil bo'ldi. Uchish-qo'nish yo'lagi oxirgi marta 1980 yilda, perron 1985 yilda ta'mirlangan. “O'zbekiston havo yo'llari“ milliy aviakompaniyasi tomonidan xarid qilinayotgan zamonaviy samolyotlarni qabul qilishimiz uchun aeroport jahon standartlariga javob berishi zarur. Mana shu sabablardan kelib chiqib, aeroportni kompleks ta'mirlash masalasi kun tartibiga qo'yilmoqda. Aviakompaniya ma'muriyati esa reyslar to'xtatilganligi yuzasidan hozircha rasmiy xabar bermadi.   Ta'mirlash ishlarini mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtirishning imkoni yo'q. Taxminan 350 milliard so'mga yaqin mablag' zarur. Shuning uchun bu masalani Vazirlar Mahkamasi hal qiladi. Viloyat hokimligi bilan kelishgan holda takliflarimizni berdik. Natijasini kutyapmiz.   Ta'mirlash ishlari ketayotgan vaqtda aeroportda ishlaydigan 240 kishidan Farg'ona va Namangan aeroportlariga 10 nafardan mutaxassisni vaqtincha ishga yuborishimiz mumkin. Qolgan xodimlar esa o'z hisobidan ta'til olishlariga to'g'ri keladi”, deya gapirib o'tgan To'xtasinov “Andijonnoma” nashriga bergan intervyusida.   Ma'lumot uchun, Andijon xalqaro aeroporti shu kungacha haftasiga Toshkentga ikkita, Moskvaga ikkita, Sankt-Peterburgga bitta reysni amalga oshirib kelgan. Yiliga o'rtacha 35 ming yo'lovchiga xizmat ko'rsatgan. Kelgusida yillik yo'lovchilarning o'rtacha sonini 50 mingga etkazish ko'zda tutilgan.

Qalampir.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!