Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 10:43
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Million guruhi konserti (HD)
TILLATOPAR yoki Moskvalik Nadejda Lvovna N. ismli ayolning tanasi oltinni xuddi magnit kabi o'ziga t
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!
.. Yuklab olish

Hayotda qo'l va tananing boshqa a'zolari yordamida temirni, qoshiq, sanchqi va hokazolarni torta oladigan odamlar ko'p. Ularning qo'liga yopishgan buyum pastga tushmaydi. Sababi, ular tanasida magnit keragidan ko'pchilikni tashkil etarkan. Ammo tanasi faqat oltinni torta oladigan odamni uchratmagan bo'lsangiz kerak. Unda tanishing, bu Nadejda Lvovna bo'ladi.
Nadejdaning aytishicha, bolalikdanoq ko'chadan tilla buyumlar topib olishni boshlagan. Masalan, 4 yasharligida ko'chada o'ynab yurib tilla uzuk topib olgan. Oradan bir necha kun o'tgach, lo'lilar taqadigan kattakon tilla sirg'a topgan.
Olti yoshligida esa ota-onasi bilan dengiz bo'yida dam olayotib, tilla sirg'a topib olgan.
12 yasharlik paytida bir kuni ko'chadan katmon topib oldi. Ammo katmonda bir tiyin ham pul yo'q, aksincha bir dona tilla uzuk bor edi. 15 yoshida tilla zanjir topib onasiga hadya etdi. Sal o'tib olmos ko'zli ayollar tilla taqinchog'ini topdi.
Yana bir qiziq voqea. Nadya maktabni bitirgan kuni ota-onasi o'sha davrda urf bo'lgan poshnali tufli sovg'a qilishdi. Maktabdaga bitiruv marosimiga o'sha tuflini kiyib bordi va kechki payt uyga qaytgach, tuflini yechib qarasa, bitta poshnasiga tilla uzuk yopishib turgan ekan.
Nadejda shularni hikoya qilarkan, kulib qo'yadi.
— Men haliyam tilla taqinchoqlar, ziraklar, uzuklar topib olishda davom etyapman, — dedi u. — To'g'ri, hech qachon ulgurjisiga topmaganman. Har gal bir yoki ikki donadan tilla buyum topaman. Men ularni qidirmayman. Yo yo'limdan chiqishadi, yo tuflim, yoki kiyimimga yopishib turgan bo'lishadi. Bir kuni mazam bo'lmay, kasalxonaga tushib qoldim. Palataga erim kirib keldi. Meva-cheva, yong'oq, pechene, yeryong'oq olib kelibdi. Palatamizda jami 12 nafar bemor edik. Men erimdan olib kelgan narsalaridan palatadoshlarimga ham hadya qilishini so'radim. U meva va yong'oqlarni ularga ham bo'lishib chiqdi. Mening qo'limga bir hovuch yeryong'oq solib qo'ydi. Ne ko'z bilan ko'rayki, yeryong'oq orasida «Chalma» degan tilla uzuk yotardi. Hoynahoy yeryong'oq tergan ayol uzukni yo'qotgan bo'lsa kerak…
Mana, ayol ancha yoshga borib qoldi. Hanuz tilla buyumlar topib olishni kanda qilmadi. Yana bir mo''jizani aytsak, ishonasizmi? Nadejdaning familiyasi Zolotova ekan. Bu ham haqiqatan Yaratganning mo''jizasi ekanligiga sira shubha yo'q! Iloyim tilla topib oladiganlar, tillani o'ziga ohanrabodek torta oladiganlar ko'payaversin!
. Aman (WapUsta)
08.10.2017 / 16:14
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: