LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 17:49
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
O'zbekiston Ukrainadan dorilar importini to'xtatdi - OAV
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 11:00 / KO'RILDI: 12

O'zbekiston Ukraina dorilarining importini bloklab qo'ydi, deb xabar bermoqda «Apteka» Ukraina tibbiyot va mikrobiologiya sanoati ish beruvchilar tashkilotlari birlanshmasiga (TMSITB) asoslanib.

Birlashmadan xabar qilishlaricha, so'nggi bir necha hafta davomida farmatsevtika mahsulotlari bojxonada turibdi, biroq O'zbekiston bojxona xizmati nima uchun u bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilmayotgani haqida tushuntirish berayotgani yo'q.

Shu munosabat bilan TMSITB ushbu vaziyatga aralashishi va masalaga echim topish maqsadida amaliy yig'ilish o'tkazishi uchun mamlakat bosh vaziri birinchi o'rinbosari - Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Stepan Kubivga murojaat qildi.

Birlashmadan taxmin qilishlaricha, bojxona rasmiylashtiruvi jarayoni to'xtatilishi O'zbekiston hukumatining Ukrainada O'zbekistondan engil avtomobillar importiga nisbatan surishtiruv boshlanganiga javobidir.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Ukraina O'zbekistondan engil avtomobillar importiga nisbatan tekshiruv boshlaganixabar qilingandi.

Kun.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!