Xayirli kun, Guest!
Soat: 16:34
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
“COVID-19”ga qarshi emlash jarayoniga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga etmoqda

 31 MART, 14:20 237

.

O'zbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish va koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlarini kamaytirish maqsadida COVID-19 ga qarshi emlash tadbirlariga tayyorgarlik ko'rish ishlari yakunlanmoqda.

Bu haqda Sog'liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibaev quyidagilarni so'zlab berdi:

— COVID-19 bilan kasallanishda xavf osti guruhiga mansub to'rt milliondan ortiq aholi qatlamini birinchi navbatda emlash tadbirlari uchun COVAX dasturi doirasida 660 ming doza AstraZeneca hamda Xitoy va O'zbekiston olimlari xamkorligida yaratilgan 1  million doza ZF-UZ-VAK2001 vaktsinalari keltirildi.

Bundan tashqari, COVAX doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 million doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 million doza ZF-UZ-VAK2001 vaktsinalarini mamlakatimizga keltirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaktsinasi xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolanmoqda. 

Shu bilan birga, ayni paytda Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi tomonidan yana qo'shimcha AstraZeneca vaktsinasini xarid qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Bugungi kunda olimlarimiz tomonidan birinchi COVID-19 ga qarshi vaktsinaning S oqsil molekulasi yaratilib, yaqin kunlarda hayvonlarda klinik oldi tadqiqotlarini boshlash rejalashtirilgan.  

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™