LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:11
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Jan-Klod Yunker Brexit’ni tarixiy xato va fojia deb atadi
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 07:50 / KO'RILDI: 11

Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi tarixiy xato va fojia bo'ldi, biroq Evropa britaniyaliklarga nisbatan tajovuzkorona kayfiyatda emas. Bunday fikrni Evropa komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker Strasburgda Evroparlament umumiy sessiyasidagi debatlarda aytib o'tdi.

“Biz Britaniya xalqining tanlovini hurmat qilishimiz kerak va bizning vazifamiz Brexit masalasini ham Buyuk Britaniya, ham Evropa Ittifoqi manfaatlariga mos tarzda hal qilishdan iborat”, – deb aytgan Yunker. 

Yunkerning ta'kidlashicha, Evropa Ittifoqi bo'lg'usi munosabatlar formati bo'yicha murakkab muzokaralar olib borilayotgan Buyuk Britaniyaga qarshi adovat kayfiyatida emas. “Biz Buyuk Britaniya Evropaning ozod etilishi va unda erkinlik o'rnatilishida muhim rol o'ynaganini tan olishimiz kerak va bu uchun undan minnatdormiz”, – deb qo'shimcha qilgan Yunker. 

Evrokomissiya raisining ta'kidlashicha, Evropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya “ularni bog'lab turuvchi buyuk tarixni unutmasligi kerak”. “Men haqiqatan ham Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqishini fojia va tarixiy xato, yanglishish deb hisoblayman va muammolarni eng maqbul tarzda hal qilish uchun imkoni bor ishni qilishimiz lozim. Evrokomissiya bu yo'nalishda harakatlanmoqda”, – deb o'z so'zlarini yakunlagan Yunker.

Rasman Brexit 2019 yil 29 martda bo'lib o'tadi. Shundan keyin rejaga ko'ra, 2020 yil 31 dekabrgacha o'tish davri boshlanadi. Bu davr davomida Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqi byudjetiga badallarni to'lash majburiyatini olgan. 

Manba: kun. uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!