LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:11
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Qashqadaryoda tibbiyot xodimlarining maoshi 1 mln so'mga ham etmasligi ma'lum bo'ldi
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 07:30 / KO'RILDI: 9

2018 yilning 9 oyi sarhisob qilinganda Qashqadaryo viloyatida tibbiyot xodimlarining oyligi 1 million so'mga ham etmasligi aniqlandi. O'qituvchilarning o'rtacha oylik ish haqi esa 1 million 176 ming so'mni tashkil qilgan. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi ma'lum qildi, deya xabar beradi Turon 24.

Joriy yilning sentyabr oyida Qashqadaryo viloyatida o'rtacha oylik ish haqi 1 million 522 ming 700 so'm bo'lgan.

G'uzor tumanida o'rtacha maosh 2 million 330 ming so'mdan oshsa, Qarshi shahrida 1 million 676 ming so'mga teng bo'lgan. O'ziga xos reytingning eng quyi pog'onasidan Qarshi tumani joy olgan bo'lib, tumandagilar o'rtacha 1 milion so'm haq evaziga mehnat qilgan.

2018 yilning yanvar—sentyabr oylarida o'rtacha oylik ish haqi tarmoqlar bo'yicha hisoblanganda, uch tarmoq — sanoat (o'rtacha 2 million 501 ming so'm), moliya va sug'urta faoliyati (2 million 452 ming so'm), tashish va saqlash (2 million 208 ming so'm) vakillari boshqalarga nisbatan eng ko'p maosh oluvchilar sirasiga kirgan. Qolgan tarmoqlarda esa ishchi-xodimlarga beriladigan o'rtacha oylik ish haqi 2 million so'mga etmagan.

Hisob-kitoblarga ko'ra, qurilish sohasi mutaxassisi o'rta hisobda har oyda 1 million 873 ming so'm oylik olgan bo'lsa, axborot va aloqa sohasi xodimi 1 million 705 ming so'mga qanoat qilgan.

Qashqadaryo viloyati hududlari bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Muborak tumanida kuzatildi. Mazkur tumanda ishchi-xodimlarga to'langan maosh 2 million 501 ming so'mni tashkil qildi.

Manba: daryo.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!