Xayirli tong, Guest!
Soat: 07:19
LoginA'zo bo'lish
Xitoydagi Sharqiy Turkiston viloyatida cho'chqa bezgagi tarqaldi

 6 APREL, 13:25 91

.

6 aprel kuni Xitoy Qishloq xo'jaligi vazirining ma'lum qilishicha, mamlakatning Sharqiy Turkiston mintaqasida cho'chqa bezgagi tarqaldi. Ushbu kasallik 599 ta cho'chqasi bo'lgan Sharqiy Turkiston ishlab chiqarish va qurilish korpusining fermasida yuzaga kelgan.

Qishloq xo'jaligi vazirligining bayonotida aytilishicha, fermadagi o'ttiz uchta cho'chqada bezgak aniqlangan bo'lib, ularning oltitasi o'lgan. Bundan tashqari, zararlangan hududdagi qolgan barcha tirik cho'chqalar yo'q qilingan.

Bu yil Xitoyning shimoliy qismida Afrika cho'chqa bezgagi tarqalishi sabab chorva uchun boqilayotgan cho'chqalarning kamida 20 foizi nobud bo'ldi. Bu esa yo'qotishlar avval taxmin qilinganidan ham ko'p bo'lishiga olib kelmoqda. Shuningdek, tahlilchilar bu holatning mamlakat sharqiga ham ta'sir o'tkazishidan xavotirga tushmoqdalar.

Xitoyga afrikancha cho'chqa bezgagi 2018 yilning avgust oyida kirib kelgandi. U bir yil ichida Xitoydagi cho'chqalarning 50 foizini yo'q qilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™