LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:11
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
"Intel" o'zining ilk 5G-modemini qachon chiqarishini ma'lum qildi
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 06:50 / KO'RILDI: 17

"Intel" kompaniyasi mobil 5G-chipsetlar bozorida "Qualcomm" monopoliyasi o'rnatilmasligi uchun o'zining yangi 5G-modemi — XMM 8160 chipsetini ishlab chiqarishni yarim yilga tezlashtirishni rejalamoqda.

Kompaniya rejalariga ko'ra, chipset 2019 yilning ikkinchi yarmida chiqarilishi va smartfonlar, personal kompyuterlar va uydagi keng polosali ulanish uchun soniyasiga 6 gigabit tezlikni ta'minlab berishi lozim. Ayni vaqtda u LTE va undan ham eskiroq aloqa tarmoqlarini ham qo'llab-quvvatlaydi.

Lekin "Intel" modemi bazasidagi tayyor echimlar bozorda darhol paydo bo'lmaydi. Chip taxminan bir yildan keyin chiqqani bilan, unda ishlaydigan qurilmalar 2020 yilning birinchi yarmigacha chiqmaydi. Xususan, "Intel" chipi o'rnatilgan 5G-iPhone’lar ikki yildan so'ng chiqishi haqidagi mish-mishlar hamon haqiqatga yaqin.

Shunday qilib, 2019 yilda namoyish etiladigan ko'plab yangi 5G-qurilmalar “kapoti ostida” aynan "Qualcomm"ning chipi bo'lishini hozirdan ishonch bilan aytish mumkin. Asosiy raqobatchisida tayinli echim paydo bo'lguniga qadar bozorni to'ldirib tashlash uchun "Qualcomm" ixtiyorida bir yil bor.

Manba: turon24.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!