Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» UzDERBI.NET - futbol yangiliklari
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
«Sen halol bo'lding. Kimni istasang, o'shanga nikohlan»
MUHARRIR: WapUsta

13 DEKABR, 16:10 / KO'RILDI: 170

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin. Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Kelinlikka nomzod shaxsning ham o'ziga yarasha huquqlari va odoblari mavjud.

1. Kelinlikka nomzod shaxs o'zini xushro'y ko'rsatish uchun ziynatlanishga haqli.

Ulamolarimiz bunga misol qilib, Subayha binti Horis roziyallohu anhoning hadisini keltirishadi. Unda «Qachonki nifosdan poklanganda, sovchilar uchun ziynatlandi» degan jumla bor. Boshqa bir rivoyatda: «...surma surtib, xino qo'yib tayyorlandi», deyilgan.

2. Kelinlikka nomzod shaxs kuyovlikka nomzodni ko'rishga haqli.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Mug'iyra roziyallohu anhuning hadisidagi: «Unga nazar sol, chunki bunday qilish ikkingiz orangizda bardavomlikka kerakdir», deganlari kelinlikka nomzodga ham tegishli.

3. Kelinlikka nomzod shaxs kuyovlikka nomzod bilan suhbatlashishga haqli. Bu – tabiiy holat. Ko'rishgandan keyin, oila qurish niyati bo'lgandan keyin, o'rtada suhbat bo'lishi turgan gap.

4. Kelinlikka nomzod shaxs muayyan erkakni yoqtirish va unga nikohlanish istagini bildirishga haqli.

قَالَتْ أُمُّ سَلَمَةَ وَلَدَتْ سُبَيْعَةُ الْأَسْلَمِيَّةُ بَعْدَ وَفَاةِ زَوْجِهَا بِنِصْفِ شَهْرٍ، فَخَطَبَهَا رَجُلَانِ أَحَدُهُمَا شَابٌّ وَالْآخَرُ كَهْلٌ، فَحَطَّتْ إِلَى الشَّابِّ، فَقَالَ الشَّيْخُ: لَمْ تَحِلِّي بَعْدُ، وَكَانَ أَهْلُهَا غَيَبًا وَرَجَا إِذَا جَاءَ أَهْلُهَا أَنْ يُؤْثِرُوهُ بِهَا، فَجَاءَتْ رَسُولَ اللهِ r، فَقَالَ: قَدْ حَلَلْتِ فَانْكِحِي مَنْ شِئْتِ. رَوَاهُ مَالِكٌ.

«Ummu Salama aytadilar:

«Subayha Aslamiya erining vafotidan yarim oy o'tib tug'di. Unga ikki kishi sovchi qo'ydi. Ulardan biri yosh, boshqasi qari edi. U yoshiga moyil bo'ldi. Chol:

«Hali halol bo'lganing yo'q», – dedi. Ayolning ahli g'oyib edi. Chol ayolning ahli kelganda uni o'ziga berishlaridan umidvor bo'ldi. Ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordi. Bas, u zot:

«Sen halol bo'lding. Kimni istasang, o'shanga nikohlan», – dedilar».

Molik rivoyat qilgan.

3. Ikki taraf rioya qilishi lozim narsalar.

Kelinlik va kuyovlikka nomzodlar nikohdan oldingi uchrashuv va boshqa munosabatlarda rioya qilishlari lozim bo'lgan narsalar quyidagilardan iborat:

1. Ikkovlari bir-birlariga nomahram ekanliklarini unutmasliklari zarur.

Chunki asli mahram bo'lmagan ikki jinsdagi shaxsning nikohdan boshqa narsa mahram qila olmaydi, jumladan, sovchilik qilish va unashtirish ham.

2. Ikkovlari uchrashmoqchi bo'lsalar, faqat mahramlarining ishtirokida uchrashishlari shart.

3. Ikkovlari uchrashganda qo'l berib ko'rishishlari mutlaqo mumkin emas.

4. Nikohdan oldin ikkovlari xoli qolishlari mutlaqo mumkin emas.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!