Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
“Ittifoq ta'lim granti” loyihasida 227 nafar talabalarga 800 mln so'm mablag' ajratildi
MUHARRIR: WapUsta

13 DEKABR, 16:00 / KO'RILDI: 20

12 dekabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar markazida O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Ittifoq ta'lim granti” loyihasining 55 nafar sovrindorlarinitaqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda boquvchisini yuqotgan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga maxsus sertifikatlar va esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini o'z vaqtida himoya qilishmamlakatdagi o'zgarish va yuksalish jarayonini orqaga qaytishiga yo'l bermaydigan ijtimoiy tayanchdir. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining shakllanishida ham yoshlarni ijtimoiy himoya qilish muhim vazifalarimizdan biri, — deydi O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bosh mutaxassisi Hayot Qosimov. — “Ittifoq ta'lim granti” loyihasiana shu vazifalarning ijrosi va yoshlarning jamiyatda munosib o'rnini topishi, o'z ustida ishlab kuchli mutaxassis bo'lib etishishiga ko'maklashmoqda.

O'zbekiston yoshlar ittifoqining “Ta'lim granti” loyihasi orqali 227 nafar sovrindor talabalarning 50 foiz to'lov–shartnoma mablag'lari tahsil olayotgan oliy ta'lim muassasalariga o'tkazib beriladi. Mazkur loyiha uchun jami 800 mln so'm miqdorda mablag' ajratildi.

— Joriy yil O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga to'lov kontrakti asosida talabalikka tavsiya etildim. Biroq oilaviy sharoitdagi moddiy qiyinchiliklar sabab o'qishdan voz kechishga to'g'ri kelayotgandi. O'sha paytlar yaqin dugonamdan mazkur loyiha haqida eshitib qoldim. O'zbekiston yoshlar ittifoqiga hujjatlarimni topshirib, bugun “Ta'lim granti” sovrindorlari qatoridan joy oldim deydi loyiha g'oliblaridan Madina Yuldosheva. — 11 yoshimdan beri sportning gimnastika turi bilan shug'ullanib kelaman va bu yo'nalishda viloyatda bo'lib o'tgan musobaqalarda faol ishtirok etganman. 2012 yil bo'lib o'tgan Xalqaro “Happy caravan” musobaqasida jamoaviy chiqish bo'yicha oltin medal, 2013 yil Namangan viloyatida bo'lgan “O'zbekiston chempionati” va 2014-yil Namangan shahrida o'tkazilgan “Barkamol avlod“ musobaqasida bronza medal, 2015 yilgi “O'zbekiston Respublikasi kubogi musobaqasi”da jamoaviy chiqish bo'yicha kumush medal sohibi bo'lganman. 2016 yildan buyon Jizzax terma jamoasida o'z murabbiylik faoliyatimni yo'lga qo'ydim. 2017 yil shogirdim Sahobova Madina yoshlar o'rtasida bo'lib o'tgan Respublika chempionatida oltin medal, 2018yil xalqaro musobaqada jamoaviy chiqishda kumush medal sohibasi bo'ldi. Bugungi rag'bat va ishonchni oqlash uchun kelgusida shogirdlarimni jahon chempionlari qilib tarbiyalashga harakat qilaman.

“Ittifoq ta'lim granti” loyihasi covrindorlarini aniqlashda asosiy e'tibor talabaning ayni vaqtdagi ijtimoiy-moddiy ahvoli, jamoatchilik ishlarida faolligi va erishgan yutuqlariga qaratildi.

— Men Guliston davlat pedagogika universiteti biologiya yo'nalishining 1-bosqich talabasiman.Bolalar tarbiyasi, maktabgacha ta'lim muassasasi va undagi islohotlarni katta qiziqish bilan kuzatib boraman. Bu qiziqish keyinchalik shu soha bo'yicha kasb tanlash istagini uyg'otdi. 2018 yilda mazkur yo'nalish bo'yicha o'qishga hujjat topshirdim. Ammo, shartnoma asosida o'qishga qabul qilindim. Shartnoma pulini to'lashga esa imkoniyatimiz etarli emas edi. Shu orada “Ittifoq ta'lim granti” loyihasi haqida xabar topdim va tashkilotga hujjatlarimni topshirdim. Natijada bugun o'qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ldim.Bu rag'batga javoban kelgusida nutqi va eshitishida nuqsoni bor bolalar uchun maxsus matabgacha ta'lim muassasasini ochish orqali taraqqiyotimiz rivojiga munosib hissa qo'shishni oldimga maqsad qildim. Yoshlarga har tomonlama tayanch bo'layotgan O'zbekiston yoshlar ittifoqidan cheksiz minnatdorman, – deydi sovrindor Shaxnozabonu Komilova.

Tadbir davomida O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan loyiha doirasida yoshlar orasidagi ijtimoiy muammolarni hal etishdagi ko'magi uchun “O'zpaxtasanoat”, “O'zavtosanoat”, O'zdonmaxsulot” kabi aksiyadorlik jamiyatlari va "Orient Finans Bank" xususiy aktsiyadorlik tijorat banki, “Asia Alliance Bank” ga tashakkurnomalar va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Shahnoza Nurullaeva

Darakchi.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!