Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Toshkentda Osiyo ot sporti federaciyasining Bosh Assambleyasi yakunlandi
MUHARRIR: WapUsta

13 DEKABR, 15:50 / KO'RILDI: 41

Xabar berib o'tganimizdek, Toshkent shahri 10-12 dekabr kunlari Osiyo ot sporti federaciyasining Bosh Assambleyasiga mezbonlik qildi.

Asosiy masala – federaciya faoliyatini muvofiqlashtirishda katta ahamiyatga ega bo'lgan Nizomni yangilash edi.

Ishtirokchilar ovoz berish qoidalarini, musobaqalar vaqtidagi meyorlarni muhokama qilishdi. Yakunda yangi Nizom tasdiqlandi. Bu orqali Osiyo ot sporti federaciyasi tarixida yangi sahifa ochilmoqda.

O'z navbatida, Osiyo ot sporti federaciyasi rahbariyati mazkur Assambleyani yuqori saviyada tashkil eta olgani uchun O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasiga minnatdorchilik bildirdi. Bundan tashqari O'zbekistonda ot sporti rivojlanib borayotgani alohida qayd etildi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!