Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
O'zbekistonlik opera xonandalari nufuzli tanlovda qatnashadi
MUHARRIR: WapUsta

13 DEKABR, 15:25 / KO'RILDI: 46

Leningrad viloyatida 13—19 dekabr kunlari Rimskiy-Korsakov nomidagi XI yosh opera ijrochilari Xalqaro tanlovi bo'lib o'tadi. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

Tadbir bastakorning Vatani Tixvinda o'tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 18 dan 33 yoshgacha bo'lgan Rossiya va xorijlik ijrochilar taklif etilgan. Tanlov dasturi opera va kamera bo'limlaridan iborat. Barcha sinovlar ochiq va oshkora tarzda o'tkaziladi. Opera bo'limi ikkita saralash va bitta final, kamera esa ikki bosqichdan iborat.

Tanlovda ishtirok etish uchun 150 kishi ariza qoldirgan. Bu yil tanlovda O'zbekiston, Belarus, Bolgariya, Italiya, Qozog'iston, Polsha, Rossiya, Serbiya, Ukrainadan ijrochilar qatnashadi.

Ishtirokchilarni Mariinskiy teatri yosh opera ijrochilari Akademiyasi ijodiy rahbari Larisa Georgieva boshchiligidagi nufuzli hay'at a'zolari baholaydi.

Birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinni egallagan ishtirokchilarga pul mukofoti topshiriladi.

Shuningdek, ularga yagona nusxada tayyorlangan noyob zargarlik buyumlari sovg'a sifatida taqdim etiladi.

21 dekabr kuni tanlov g'oliblari Mariinskiy teatri sahnasida bo'lib o'tadigan gala-kontsertda ishtirok etadi.

Daryo.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!