Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» UzDERBI.NET - futbol yangiliklari
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
Chempion sportchilar OTMga imtihonsiz qabul qilinadigan bo'ldi
MUHARRIR: WapUsta

13 DEKABR, 14:45 / KO'RILDI: 117

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga ko'ra O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilab berildi.   Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi esa sportning texnik va amaliy turlari bo'yicha yuqori malakali sportchilarni tayyorlaydigan muassasa etib belgilandi.   Qarorga muvofiq, 2019/2020 o'quv yilidan boshlab:  

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga umumiy qabul kvotalari doirasida sportning texnik va amaliy turlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlash uchun kvotalar ko'zda tutiladi;

 

avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari hamda olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan sportning texnik va amaliy turlari bo'yicha respublika musobaqalarida birinchi, xalqaro musobaqalarda (Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari, jahon chempionati va Osiyo chempionatida) sovrinli o'rinlarni egallagan litsey, kollej va maktab bitiruvchilari tegishli oliy ta'lim muassasalariga umumiy qabul kvotalari doirasida test sinovlarisiz va qo'shimcha imtihonlarsiz qabul qilinadi.

  Qarorga asosan, parashyut sporti bo'yicha sport sektsiyalari tashkil etilishi belgilandi va shu munosabat bilan Mudofaa vazirligiga parashyut sporti bo'yicha sport sektsiyalarining aviatsiya va havo-desant komplekslari, parashyut tizimlari, anjomlar va trenajerlar bilan jihozlanishini ta'minlash, “Vatanparvar” MKT markazlari va ta'lim muassasalari negizida fuqaro yoshlarni “parashyutchi” mutaxassisligi bo'yicha tayyorlashni tashkil etish vaziflari yuklandi. 

Qalampir.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!