Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Ganya Usmonova, Nilufar Usmonova, Shahzoda Matchonova... Ularga nima bo'ldi? (foto)
MUHARRIR: wapusta

13 DEKABR, 14:30 / KO'RILDI: 47

E'tibor bersangizeri urgan ayollar ko'karganqizarganbo'zargan yuzini iloji boricharo'molupa-elikquyosh bo'lmasa-daoftobdan himoya qiluvchi ko'zoynak bilan yashirishadiHarakatlari besamarligini bilsalar-dao'zlaricha og'zaki bahonalar o'ylab topishadiBu jarohatlar farzandlarining qalbigaruhiga salbiy ta'sir qilmasligi uchun: “Otang aslida yaxshi insonFaqat sal jahldorSal narsaga jahli chiqib ketadi”, deydiLekin oilani muqaddas saqlashga faqat ayolning jasorati kifoya qiladimiAyollar oilasining “sirini qanchalik yashirmasinzo'ravonliklarga chidamasinsabrqilmasin, doimiy janjallarning salbiy oqibatlari turli jinoyatlarda foshbo'lmoqda.

 

"Og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarning 40 foizi oilalarda"

Islomiddin XalilovIchki ishlar vazirligining Jinoyatlar profilaktikasi boshboshqarmasi boshlig'i:

Og'ir va o'ta og'ir turdagi qasddan odam o'ldirish, qasddan tan jarohati etkazish kabi jinoyatlarning 40 foizi oilalarda sodir bo'lyapti. Joriy yilning o'tgan davri mobaynida ana shu turdagi jami 369 jinoyat sodir etilgan bo'lib, ulardan 144 tasi oila, turmush doirasida kuzatilgan qotilliklardir. Ushbu jinoyatlarning sababi o'rganilganda, buoilalarda doimiy janjallar bo'lib kelgani aniqlangan.

Dunyo bo'yicha esa...

Ichki ishlar vazirligining vakili aytgan raqamlar jahon miqyosida yanada ko'p ko'rsatkichlarni tashkil etadi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, har uchinchi ayol oilada zo'ravonlikdan aziyat chekmoqda. Shu sabab ham BMT tomonidan 25 noyabr — Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikni bartaraf etish kuni deb e'lon qilingan. Ushbu sana munosabati bilan ayolga nisbatan qilinayotgan zo'ravonlikka butun jamoatchilikning e'tiborini qaratish maqsadida, har yili 16 kun mobaynida aktsiya tashkil etiladi. Jumladan, O'zbekistonda ham.

Zo'ravonlikka qarshi fotoko'rgazma

Poytaxtdagi “Ilhom” teatrida 30 noyabrdan 2 dekabrga qadar ayollarga nisbatan qilinayotgan zo'ravonliklarga qarshi kurashishni targ'ib qiluvchi fotosuratlar ko'rgazmasi tashkil etildi. Ota-onasidan, hattoki, farzandlaridan kaltak izlarini yashirgan ayollar, ko'rgazma uchun suratga tushmasligi aniq. Shu sabab zo'ravonlikning mudhish ko'rinishini suratlarda aks ettirish uchun mamlakatimizning taniqli xotin-qizlari taklif etildi. Ular orasida vatandoshimiz, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmanova, aktrisa Shahzoda Matchonova, qo'shiqchi NilufarUsmonova hamda taniqli modellar bor.

“Ehtiyotqiling, nozik” ko'rgazmasining muallifi Axror Abdurahmanov. Ko'rgazmada 18 nafar ayol ishtirok etdi. Loyiha ishtirokchilari mamlakatimiz ayollariga bu ko'rgazmalar orqali illatlarga qarshi jim turmaslikka chorlaydi.


k8q9DH6SJBBqPIUP1e-DP7z78g-Gzb5D.jpg

Nilufar Usmonovaqo'shiqchi"Hayot rishtalarini uzmasligi kerak"

— Xudoga shukrki, dinimizda ayollar zaifa sifatida ardoqlangan. Hamma og'ir ishlar erkaklarga, engil vazifalar ayollarga buyurilgan. Ushbu ko'rgazma insonlarni bir-biriga qo'l ko'tarmasligi uchun taqdim etildi. Oilada ayol shunday vaziyatga tushsa ham birdaniga hayot rishtalarini uzmasligi kerak. Avvalo, o'zining xatti-harakatlarini tahlil qilishi, fe'lidagi illatlarni anglab, to'g'rilasa va erkak ham vijdonli bo'lsa, hammasi yaxshi bo'ladi. Ayol chiroyli muomalada bo'lsa, erkak ham qo'liga erk bermay xotinining dardini tinglasa, ikkisi bir-birini tushunsa hayotda bunday zo'ravonliklar bo'lmaydi.


-4vu4g3SGZUjBxR84VzQK-Z3T2zUW4sO.jpg

Shahzoda Matchonovaaktrisa: "Jismoniy jarohatlar ketar, ammo..."

 

— Yuzdagi bu jarohatlar ketar, ammo qalbdagi jarohatlar bir umr ketmasligi aniq. Nahotki, erkaklar bu haqda o'ylashmaydi. Bunday zo'ravonliklaridan keyin ayolining ko'nglida nafrat uyg'onmaydimi? “Qush uyasida ko'rganini qiladi”. Erkak kishi o'g'li o'zidan andoza olishini hamo' ylashi kerak.

Navbahor IMAMOVA, “Amerika ovozi” muxbiri: "Zo'ravonlik sodir bo'layotgan oilaning nimasi muqaddas?"

 

— "Oila muqaddas", "Oila buyuk dargoh" deb ko'p takrorlanadi. Aksariyat ayollar ongiga ham shu singib qolganidan uyidagi bor muammodan ko'z yummoqda. Ayting-chi, uyida zo'ravonlik sodir bo'layotgan oilaning nimasi muqaddas? O'zbekistonda ayollarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olish bilan bog'liq muammolarni hal qilishda, eng avvalo, qonun ustuvorligini ta'minlash, iqtisodiy masalalarni hal qilish kerak, degan fikrdaman.


ekq3Ql6FMzsnoBeJHU9hIeKfjzTjZXf2.jpg

Husnora Shadievabloger: "Illatlar farzandlar fe'lida namoyon bo'lmasligi kerak"

— Bu niqobda janjal sodir bo'layotgan oilaga tushib qolgandek bo'ldim. Shuncha kaltakdan so'ng ham ayollar nega jim turishadi? Buni balki oilaning “siri”, deya yashirishga harakat qilishar. Lekin bundan bolalari ham jabr ko'rmoqda-ku! Menimcha, bunday zo'ravonlikka faqat o'ziga ishonmaydigan, aytaylik, bolalari bilan ko'chada qolib ketishga qo'rqadigan ayolgina chidashi mumkin. Bunga qarshi kurashish uchun, ayol o'zida kuch topishi kerak. Oilaning buzilishi tarafdori emasman. Lekin bunday zo'ravonlarni jilovlab qo'yadigan tegishli tashkilotlarning ishlarini yanada kuchaytirish kerak. O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi bu borada sezilarli harakatlarni amalga oshir­yapti, albatta. Illatlarning farzandlar fe'lida namoyon bo'lmasligi uchun ham, bunday hollarda ayollar jim turmasligi kerak. Tegishli tashkilotlar esa ularni himoya qilishi lozim.


Foto protiv nasiliya: izvestniie devushki Tashkenta prinyali uchastie v spetsialnom proekte (foto)
Foto protiv nasiliya: izvestniie devushki Tashkenta prinyali uchastie v spetsialnom proekte (foto)
Foto protiv nasiliya: izvestniie devushki Tashkenta prinyali uchastie v spetsialnom proekte (foto)
Foto protiv nasiliya: izvestniie devushki Tashkenta prinyali uchastie v spetsialnom proekte (foto)
Foto protiv nasiliya: izvestniie devushki Tashkenta prinyali uchastie v spetsialnom proekte (foto)
Foto protiv nasiliya: izvestniie devushki Tashkenta prinyali uchastie v spetsialnom proekte (foto)
Foto protiv nasiliya: izvestniie devushki Tashkenta prinyali uchastie v spetsialnom proekte (foto)
Foto protiv nasiliya: izvestniie devushki Tashkenta prinyali uchastie v spetsialnom proekte (foto)
Foto protiv nasiliya: izvestniie devushki Tashkenta prinyali uchastie v spetsialnom proekte (foto)

Xulosa 

 

Albatta, ko'rgazmada namoyish etilgan BU suratlardan zavq olasiz, deya olmaymiz. Suratlardagi ayollarning baxtsiz ko'zlarini ko'rib siqilasiz, ezilasiz, boshingizga og'riq kiradi. Ammo ba'zi erkaklarning bundan xulosa chiqarishiga umid qilamiz. Shu o'rinda zo'ravonlikdan jabr chekayotgan ayollarga ma'lumot tariqasida O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan tashkil etilib, 24 soat xizmat ko'rsatayotgan — 1146 ishonch raqamini yana bir bor eslatib o'tishni joiz bildik.

Inobat Ernazarova,

Suratlarni Rinat Karimov tasvirga olgan

Darakchi.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!