LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:55
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Namanganda jinoiy sud 34 kishini oqladi
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 05:00 / KO'RILDI: 10

Namanganda jinoyat ishlari bo'yicha viloyat sudi tomonidan joriy yil davomida 34 nafar shaxs oqlandi. Bu haqda sudi raisi Davlatmirza Komilov ma'lum qildi, deya xabar beradi Turon 24.

2017 yili viloyatda jinoiy sud 2 kishiga oqlov hukmini chiqargandi.

Shu kungacha 507 kishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.

«29 ta jinoyat ishi bo'yicha mahalla fuqarolar yig'inidan jamoatchi-himoyachi ishtirok etdi, — deydi Davlatmirza Komilov. — Mahalla kafilligi asosida 18 kishiga 16 ta jinoyat ishi bo'yicha ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazo tayinlangan».

Sud raisiga ko'ra, 87 nafar yoshga 60 ta jinoyat ishi bo'yicha Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi kafilligi asosida ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan jazolar tayinlangan.

Manba: daryo.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!