LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:47
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Rossiyadan 4 yil ichidagi eng ko'p miqdorda pul olib chiqildi
MUHARRIR: wapusta

14 NOYABR, 04:40 / KO'RILDI: 30

2018 yilning ilk 10 oyida Rossiyadan olib chiqilgan kapital 42,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Bundan Rossiya Markaziy banki ma'lumotlari darak bermoqda. Bu miqdor 2017 yilning shu davriga nisbatan 3 marta ko'proqni va 2014 yildan beri eng katta ko'rsatkichni tashkil qilgan.

Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, kapital chiqishiga ikkita asosiy omil: banklarning tashqi qarzni uzish bo'yicha operatsiyalari va iqtisodiyotning boshqa sektorlarining xorijiy aktivlarga sarmoyasi ta'sir ko'rsatgan.

Avvalroq kapital chiqishi yanvar-sentyabr oylari bo'yicha 31,9 mlrd dollarni tashkil qilgani ma'lum qilingan. Shu tariqa, Rossiyadan oktyabrda 10,3 mlrd dollar olib chiqilgan.  

Bank prognoziga ko'ra, yil yakuniga ko'ra Rossiyadan olib chiqilgan kapital miqdori 66 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin. Bu esa Rossiyaga qarshi ilk sanktsiyalar kiritilgan 2014 yildan keyingi eng yuqori ko'rsatkich bo'ladi. O'shanda xorijga olib chiqilgan kapital miqdori 152 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

Manba: kun.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!