Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:59
KirishRo'yxatdan o'tish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
YANGILIK TASMASI
12 YANVAR 2021, 15:59

Astronomlarning ma'lum qilishicha, yaqin ikki kun ichida potensial xavfli 2020 WU5 asteroidi Yerdan sakkiz million kilometr uzoqlikda uchib o'tadi, deb yozmoqda «Protoday.uz». Uning orbita traektoriyasi NASA reaktiv harakatlanish laboratoriyasining veb-saytida keltirilgan.

2020 WU5 asteroidi 2020 yil 29 noyabrda NEOWISE (Wide-Field Infrared Survey Explorer) kosmik teleskopi tomonidan olingan suratlarda topilgan va 4 dekabr kuni Xalqaro Astronomiya ittifoqi (IAU) elektron kichik sayyora doirasiga kiritilgan.

Fazoviy jismi «Apollonlar» guruhiga mansub bo'lib, ularning orbitalari yerni tashqaridan kesib o'tadi. Olimlarning fikriga ko'ra, uning diametri 0,5-1,1 kilometrni tashkil qiladi.

Asteriodning Yerga maksimal yaqinlashishi 13 dan 14 yanvarga o'tar kechasi kutilmoqda. Hisoblangan ma'lumotlarga ko'ra, uning yorqinligi 12,9 yulduzli kattalikni, burchak tezligi esa daqiqada 33,4 burchak soniyani tashkil qiladi.

Asteroid Yerdan yetarlicha uzoq masofada uchib o'tishiga qaramay – turli xil taxminlarga ko'ra, 8,1 dan 7,5 million kilometrgacha – potensial xavfli deb tasniflanadi.

Manba: hordiq.uz

.

Qo‘shdi: Aman (WapUsta) O‘qildi: 310

Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
most