Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Butsa.net - futbol yangiliklari
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
» Uzmadrid.net – "real madrid" muxlislari!
Tarixda bugun: Srebrenitsadagi musulmonlar qirg'ini
MUHARRIR: WapUsta

11 IYUL, 22:30 / KO'RILDI: 28

1995 yilning 11 iyulida Serb Respublikasi (Bosniya va Gertsegovina tarkibdagi ma'muriy tuzilma) armiyasi Srebrenitsani qo'lga oldi va 8000 dan ziyod musulmonni qirib yubordi. Xunrezlik general Ratko Mladich boshchiligida amalga oshirildi.

Qurbonlardan eng yoshi 16 yoshar Vosid Ibrich, yoshi eng kattasi esa 71 yoshli Sahin Xalilovichdir. Qurbonlar orasida o'rmonda eri bilan qochayotib qo'lga tushgan va 6 oylik homilasi bo'lishiga qaramay o'ldirilgan Ramziya Dudich ham bor.

Serb harbiylari Srebrenitsaga kirgan payt 300 kishi niderlandiyalik tinchlikparvar kuchlardan yordam so'radi, qolganlar esa o'rmon orqali bosniyalik askarlar nazorat qilayotgan hududlarga etib qolishga urindi. Ammo niderlandiyaliklar yordam so'ragan musulmonlarni serblarga topshirib yubordi. O'rmon orqali ketayotganlar esa tuzoqqa tushdi: serblar ayollar va bolalarni ajratib olib, erkaklarni ommaviy ravishda qirib tashladi. Ularning birgina aybi musulmon bo'lganida edi.

Manba: azon.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!