Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Butsa.net - futbol yangiliklari
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
» Uzmadrid.net – "real madrid" muxlislari!
Maqtalgan rahbar O'zbekiston pochtasini botqoqqa botirib ketdi
MUHARRIR: WapUsta

11 IYUL, 21:40 / KO'RILDI: 25

Evgeniy Vladimirovich Birger «O'zbekiston pochtasi» milliy pochta operatori bosh direktori lavozimidan ozod qilindi. Kompaniya saytidagi ma'lumotlar bunga guvohlik bermoqda.

29 iyun kuni kompaniya aktsiyadorlari yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda 2018 yil yakunlari bo'yicha «O'zbekiston pochtasi» 27,8 mlrd so'm (3,2 mln dollar) zarar ko'rgani ma'lum qilindi. Vaholanki 2017 yilda kompaniya 274,3 mln so'm sof foyda olgan edi.

Zararlarning bir qismi (13,2 mlrd so'mi) o'tgan yillar davomida shakllangan sof foyda mablag'lari hisobiga qoplangan. Ushbu mablag'lar dastlab ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo'naltirilgan edi. Qolgan 14,5 mlrd so'm esa bo'lg'usi foydalar hisobidan konpensatsiya qilinadi.

Xuddi shu yig'ilishda aktsionerlar bir ovozdan Evgeniy Birger vakolatini yana bir yilga uzaytirishga qarshi chiqdi. Bundan tashqari, uchrashuv yakunlari bo'yicha reviziya komissiyasi va kuzatuv kengashi tarkibiga o'zgartishlar kiritishga qaror qilindi.

Evgeniy Birger «O'zbekiston pochtasi"ga 2018 yil 23 may kuni rahbar etib tayinlangan edi. Bir kun oldin Toshkentda bo'lib o'tgan #MITCROADMAP2018 anjumanida so'zga chiqqan Evgeniy Birger «O'zbekiston pochtasi» amaldagi normativ va an'anaviy faoliyati bilan maqsadga erisha olmasligi, tub o'zgarishlarga muhtoj ekanini ma'lum qilgan edi. U pochtaning tashkilotlar faoliyati va fuqarolar hayotiga chuqur integratsiyasini ko'zda tutuvchi «Pochta 2.0» loyihasini taqdim etgan edi.

2018 yil fevralida prezident Shavkat Mirziyoev xorijiy maslahatchilarni jalb qilib, ilg'or xorijiy tajribalarni o'rgangan holda «O'zbekiston pochtasi"ni isloh qilish to'g'risidagi takliflarni ishlab chiqishni topshirgan edi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2016 yil noyabridan 2019 yil fevraliga qadar Intellektual mulk agentligi bosh direktori lavozimida faoliyat ko'rsatganAlisher Nasibullaevich Fayzullaev «O'zbekiston pochtasi» bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Avvalroq u axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari (2015−2016) lavozimida ishlagan.

Manba: gazeta.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!